Nizomi Ganjavining "XAMSA" asari O'zbek tiliga tarjima qilindi!

Опубликовано: 23 Декабрь 2021
на канале: Biz TV
663
5

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning 2021 yil “Nizomiy Ganjaviy yili” deb e’lon qilishi, buyuk shoir tavalludining 880 yilligi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning buyuk so’z ustodi “Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to’g’risida”gi farmoni munosabati bilan joriy yilning 1- dekabridan 3- dekabrigacha O’zbekistonda “Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy madaniyat va adabiyot kunlari” bo’lib o’tadi.

O'zbekistonda Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy madaniyat va adabiyot kunlari bo'lib o'tmoqda
Tadbirlar Ozarbayjon va O’zbekiston Madaniyat vazirliklari, har ikki mamlakat Yozuvchilar uyushmasi, Ozarbayjonning O’zbekistondagi elchixonasi, O’zbekiston-Ozarbayjon Do’stlik jamiyati, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O’zbek Tili va adabiyoti universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti, Abu Rayhon Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat konservatoriyasi tomonidan qo’llab-quvvatlanmoqda.

O'zbekistonda Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy madaniyat va adabiyot kunlari bo'lib o'tmoqda
Joriy yilning 1-dekabr kuni “Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy madaniyat va adabiyot kunlari” o’z ishini boshladi. Unda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yo‘ldoshev ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.

O'zbekistonda Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy madaniyat va adabiyot kunlari bo'lib o'tmoqda
Tadbir dastiridan O’zbekistonning tarixiy Turon kutubxonasida har ikki shoir asarlariga ishlangan miniatyuralar ko’rgazmasi taqdim etilishi, kutubxonaga Nizomiy Ganjaviy haqidagi nashrlar sovg’a qilinishi, Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi bo’yicha suratga olingan va Ozarbayjon va o’zbek xalqlari do’stligiga bag’ishlangan “Oltin ko’prik” hujjatli filmi namoyish etilishi ham anjumanning ajralmas qismi hisoblanadi.

Shu kuni e’lon qilingan tanlov natijalariga ko’ra o’zbek olimlarining monografiyalari taqdim etildi.
Rasmiy ochilish doirasida O’zbekiston oliy o’quv yurtlari talabalari ishtirokida Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiyga bag’ishlangan she’riy kompozitsiya hamda “So’g’diyona” nomli O’zbekiston xalq cholg’ulari ansambli ishtirokida Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy asarlari asosida tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

O'zbekistonda Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy madaniyat va adabiyot kunlari bo'lib o'tmoqda
Joriy yilning 2-dekabr kuni O’zbekiston Milliy Fanlar Akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida “Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy asarlari qo’lyozmalarda” nomli tadbir va ko’rgazma o’z ishini boshlaydi.

O’zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi bilan Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiyning Ozarbayjon va Turkiyada saqlanayotgan bir qator qiziqarli qo’lyozmalari suratlari olindi va ular mazkur tadbirda Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi va Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kutubxonasiga tuhfa etiladi.
O'zbekistonda Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy madaniyat va adabiyot kunlari bo'lib o'tmoqda
Bundan tashqari, tadbir doirasida ilk bor Nizomiy Ganjaviyning o’zbek tiliga tarjima qilingan “Xamsa” asari, Alisher Navoiyning Ozarbayjon tiliga tarjima qilingan “Xamsa” asarining taqdimoti bo’lib o’tadi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O’zbek Tili va adabiyoti universitetida “Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodi – turkiy dunyo she’riyatining g’urur manbai, jahon adabiyotining cho’qqisi” mavzusidagi xalqaro konferensiya shu yilning 3-dekabr kuni o’z ishini boshlaydi. O’zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya olimlari ishtirok etadigan anjumanda har ikki shoir ijodi, tadqiqot masalalari, dolzarb muammolar, ularning merosini Turk dunyosining buyuk klassiklari sifatida o’rganish yuzasidan fikr almashinib, ma’ruzalar tinglanadi.

Ta’kidlash lozimki, “Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy Madaniyat va adabiyot kunlari” doirasida O’zbekistonning yetakchi kutubxonalariga Nizomiy Ganjaviyning o’zbek tiliga tarjima qilingan “Xamsa” kitobi hamda shoir ijodi haqidagi nashrlar sovg’a qilinadi.


Смотрите видео Nizomi Ganjavining "XAMSA" asari O'zbek tiliga tarjima qilindi! онлайн, длительностью часов минут секунд в хорошем качестве, которое загружено на канал Biz TV 23 Декабрь 2021. Делитесь ссылкой на видео в социальных сетях, чтобы ваши подписчики и друзья так же посмотрели это видео. Данный видеоклип посмотрели 663 раз и оно понравилось 5 посетителям.