O‘zbekistonda "Seeds for the Future 2024" mintaqaviy loyihasiga start berildi

Published: 13 August 2024
on channel: Biz TV
143
4

• Bu yil Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoning 14 davlatidan 150 nafar talaba, 14 nafar oʻqituvchi va akademiklar Huawei kompaniyasining Oʻzbekistonda “Seeds for the Future” yetakchi taʼlim dasturida ishtirok etmoqda.
• “Seeds for the Future” dasturi doirasida Huawei kompaniyasi Toshkent shahrida eng so‘nggi AKT texnologiyalarini qo‘llash orqali ijtimoiy muammolarni hal qila oladigan g‘oyalarga ega yoshlarga qaratilgan “Tech4Good” mintaqaviy tanlovini o‘tkazmoqda

Toshkent, Oʻzbekiston, 2024-yil 12-avgust: Huawei, Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT-taʼlim uyushmasi, shuningdek nazorat qiluvchi organlar, telekommunikatsiya va mehnat agentliklari, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo taʼlim muassasalari koʻmagida , Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi universitet talabalari uchun o‘zining “Seeds for the Future 2024” nufuzli yillik ta’lim dasturini ishga tushirganini e’lon qildi. 2024-yil 12-avgust kuni Raqamli texnologiyalar vazirligining majlislar zalida rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bu yil “Seeds for the Future” loyihasining 10 yilligi va bu Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyatining 25 yilligiga to’gri keldi. Mamlakatning qadimiy tarixi va jadal raqamli rivojlanishini hisobga olgan holda, bu yilgi dasturning butun haftasi Raqamli Ipak yo‘li bo‘ylab hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va iste’dodlarni rivojlantirish g‘oyasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi.
Universitet talabalariga moʻljallangan “Seeds for the Future” dasturi mahalliy raqamli isteʼdodlarni rivojlantirish, bilim almashish, AKT haqida xabardorlikni oshirish va yosh isteʼdodlar uchun raqamli hamjamiyatni rivojlantirishga qaratilgan. Bu yilgi ishtirokchilar orasida O‘zbekiston, Ozarbayjon, Bahrayn, Iordaniya, Iroq, Qozog‘iston, Qatar, Qirg‘iziston, Quvayt, Livan, Ummon, BAA, Pokiston va Saudiya Arabistoni kabi 14 davlatning yetakchi universitetlaridan 150 nafar talaba ishtirok etdi.

“Seeds for the Future 2024” tanlovida sakkizta mahalliy universitetdan: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent shahridagi Amiti universiteti, Yangi Oʻzbekiston universiteti, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti, Toshkent xalqaro ta’lim universiteti, Toshkent xalqaro Vestminster universiteti, Mirzo-Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetidan loyihada ishtirok etish uchun Oʻzbekistondan 15 nafar talaba tanlab olindi. O‘tgan to‘qqiz yil ichida Huawei global ta’lim dasturida o‘zbekistonlik 147 nafar talaba ishtirok etdi.

Bu yil “Seeds for the Future 2024” dasturi doirasida ilg‘or AKT texnologiyalarini o‘rganish bo‘yicha intensiv treninglar, texnologiya yetakchiligi ko‘nikmalarini takomillashtirish bo‘yicha ma’ruzalar, global mavzularda muhokamalar, “Tech4Good” guruh startap loyihalari bo‘lib o‘tadi. Bilim va tajriba almashish orqali ishtirokchilar 5G, sun'iy intellekt, bulut va Wi-Fi 7 texnologiyalari haqida yaxshiroq tushunchaga ega bo'ladilar, kelajakda o'sish uchun ko'proq imkoniyatlarni o’zlari ochadilar va mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshiradilar.

Talabalar AKT innovatsiyalarini chuqur o‘rganish va soha mutaxassislari bilan hamkorlik qilishdan tashqari, madaniyatlararo aloqalarni o‘rnatish uchun O‘zbekiston bo‘ylab bir qator tadbirlar va ekskursiya safarlarida qatnashadilar. Ochilish marosimi arafasida Toshkent shahridagi Amiti universitetida “Global Village” yirik madaniy tadbiri bo‘lib o‘tdi. Talabalardan iborat har bir jamoa o‘z mamlakatining madaniy merosi, an’analari, milliy liboslari va oshxonasini namoyish etdi. Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, har bir jamoaning mamlakat stendlari bilan tanishdi.

Dastur shuningdek, Tech4Good tanlovini ham o'z ichiga oladi. Tanlovdan ko‘zlangan maqsad – yoshlarning salohiyatini oshirish va ularni jamiyatdagi ijobiy o‘zgarishlar jarayoniga jalb etishdir. Ushbu noyob platforma eng soʻnggi AKT texnologiyalarining ulkan salohiyatidan foydalangan holda dolzarb ijtimoiy muammolarni samarali hal qiluvchi innovatsion gʻoyalarni ishlab chiqish uchun moʻljallangan. Ishtirokchi talabalar hakamlar uchun o'zlarining Tech4Good loyihalarini taqdim etadilar va ikkita yetakchi jamoa kelgusi yili Xitoyda bo'lib o'tadigan Global Finalda ishtirok etish uchun tanlab olinadi. O‘tgan yili Tech4Good tanlovining mintaqaviy chempioni O‘zbekiston jamoasi bo‘lgan edi.


Watch video O‘zbekistonda "Seeds for the Future 2024" mintaqaviy loyihasiga start berildi online, duration hours minute second in high quality that is uploaded to the channel Biz TV 13 August 2024. Share the link to the video on social media so that your subscribers and friends will also watch this video. This video clip has been viewed 143 times and liked it 4 visitors.